Avstraliya hukumati g‘arbiy qirg‘og‘idan bo‘g‘ziga yirik dengiz arslonining qoldiqlari tiqilib qolgan ulkan oq akulaning tanasini topdi. Baliq xo‘jaligi departamenti taxminlariga ko‘ra, yirtqich o‘ljasini yamlay olmay, halok bo‘lgan. Bu haqda News.com.au saytiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
To‘rt metrlik akulaning tanasi G‘arbiy Avstraliya shtati sohilidan topilgan. Baliq xo‘jaligi departamentining aytishicha, halok bo‘lgan yirtqichda jarohat yoki kasallik belgilari aniqlanmagan. Hozirda hukumat akula halokatining aniq sababini o‘rganmoqda.
Mutaxassis Rori Makoulining so‘zlariga ko‘ra, yirik dengiz arsloni yirtqichning ichki organlariga jabr qilgan yoki oyquloq orqali suv aylanishining yo‘lini to‘sib qo‘ygan va unga nafas yetmay qolgan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda, u bo‘g‘zini tozalashga urinib, sayozlikda qolib ketgani uchun ham o‘lgan bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.
Izoh (0)