Amerika maxsus xizmatlari josusligi tufayli Germaniya Federativ Respublikasida yuzaga kelgan shov-shuvdan so‘ng Berlin va Vashington o‘rtasida o‘zaro ishonch qayta tiklanishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Bunday fikrni Germaniya kansleri Angela Merkel matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi “ITAR-TASS”.
“Muzokaralar va ma’lum bitimlarga erishish orqali bu borada balki oldinga siljirmiz, — dedi Merkel. — Biroq AQShga bo‘lgan ishonch tezda qayta tiklanishiga ishonmayman”.
Uning aytishicha, AQSh va Germaniya maxsus xizmatlar faoliyati va fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi bo‘yicha turlicha nuqtai nazarga ega. Shunday bo‘lsa-da, Merkel AQSh Germaniyaning eng muhim sheriklari qatoriga kirishini aytdi va bunday hamkorlik mamlakat uchun zarurligini ta’kidladi.
Izoh (0)