Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske jahon chempionatidagi inqirozga qaramay, terma jamoa boshqaruvida qolishini aytib o‘tdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
“Futbol assotsiatsiyasi prezidenti bilan birgalikda olti yillik muvaffaqiyatli faoliyat ikkitagina mag‘lubiyatdan ustun turadi, degan xulosaga keldik.
Federatsiya mening ishimni yuqori baholaydi va biz hamkorlik qilishda davom etamiz. Jamoada hech qanday keskin o‘zgarishlar bo‘lmaydi, men faqat ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshiraman. Ishonchim komilki, biz yaxshiroq o‘ynaymiz va to‘g‘ri yo‘lga qaytib olamiz”, — deydi Del Boske.
Izoh (0)