Uzoq payt stol ustida dars qilgan yoki ishlagandan so‘ng oyoqni qo‘yishga joy topilmay qoladi ba’zan. Bunday holatda Gizmodo sayti xabar bergan Fuut qurilmasi asqotadi.
Fuut qurilmasini stolning ikki chetiga qistirib, stolning ostki qismiga belanchakdek tortib qo‘yiladi. Keyin uning ustida oyoqni qo‘yib o‘tirish mumkin.
Fuut belanchagining ipini qisqartirish yoki uzaytirish bilan ikki xil ko‘rinishda saqlash mumkin. Birinchisi – pastroq, bunda oyoq yerdan uziladi, sovuq kunda issiqroq joyda turadi. Ikkinchisi – teparoq, bu dam olish holati deyiladi.
Fuut’ning narxi 30 dollar bo‘lib, uning olti xil rangidan birini tanlash mumkin.
Menimcha, bunday belanchak kerakli buyum. Balki o‘z qo‘limiz bilan yasab ko‘rishimiz mumkindir, siz nima deb o‘ylaysiz? :)
Izoh (0)