O‘zbekistonning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tadbirkorlarga kichik biznesga mansublilik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beruvchi yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
“Yagona portalda ‘Kichik biznesga mansublikni tasdiqlash’ yangi xizmati ishga tushirildi va bu xizmat tadbirkorlarga kichik biznes ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma olish imkonini beradi. Ushbu xizmat faqatgina Yagona portalda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan”, — deb qayd etilgan portal saytida.
Bu xizmat orqali endilikda ish joyini tark etmay, O‘zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlaridan korxonaning kichik biznesga mansubligi va ishchilar soni haqida ma’lumotnoma olish va chop etish mumkin.
Xizmat barcha yuridik shaxslar uchun bepul.
Izoh (0)