O‘zbekistondagi ikkita oliy ta’lim muassasasi — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti va Samarqand qishloq xo‘jalik instituti MDH OTMlari reytingiga kiritildi. Ushbu reyting “Ekspert RA” reyting agentligi tomonidan tuzildi, deya xabar berdi Anhor.uz.
Unda har ikkala OTM ham D statusiga ega bo‘ldi, bu bitiruvchilar tayyorlash darajasining yaroqli ekanini bildiradi. “Sifatli ta’lim olish uchun shart-sharoitlar darajasi”, “OTM bitiruvchilarining ish beruvchilar ichida talabgirligi darajasi” va “OTM ilmiy tadqiqot faoliyati darajasi” ko‘rsatkichlarining barchasi bo‘yicha Milliy universitet 3 ta darajadan ikkinchisiga loyiq deb topilgan bo‘lsa, Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti birinchi va ikkinchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha uchinchi darajaga ega bo‘ldi.
Reytingda MDH davlatlaridagi jami 153 ta OTM faoliyati tahlil qilingan. Eng yuqori A statusiga (“bitiruvchilar tayyorlashning eng yuqori darajasi”) birgina Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti ega bo‘ldi.
Izoh (0)