21-iyuldan boshlab Beeline kompaniyasi abonentlari “Ishonch to‘lovi” xizmati orqali 5 dollar miqdorgacha qarz olishlari mumkin. Bu haqda Mobinfo.uz sayti xabar berdi.
Olingan qarz uch kundan so‘ng 20 sent to‘lov bilan birgalikda hisobdan yechib olinadi. Agar hisob uch kun davomida to‘ldirilmasa va qarzga olingan pul sarflayverilsa, u holda qarz yechib olinganda hisob minusga chiqadi hamda aloqa o‘chirib qo‘yiladi.
“Ishonchli to‘lov” xizmatidan foydalanish uchun *141# USSD so‘rovidan foydalanish kerak bo‘ladi. Xizmat so‘nggi uch oy davomida har oy 1 dollardan ko‘p mablag‘ sarflagan abonentlar uchun taqdim etiladi.
Izoh (0)