“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi 2015-yilga qadar o‘zining taksi xizmatini ishga tushiradi. Buning uchun kompaniya 140 ta yengil avtomobil sotib oladi, deya Anhor.uz xabar berdi.
Shuningdek, kompaniya yil so‘ngiga qadar barcha avtobuslarni GPS-navigatorlar bilan ta’minlaydi.SBu maqsadda Meitrack Group kompaniyasi bilan 2500 ta GPS-treker, 150 ta GPS-antenna va 150 ta GSM-antenna yetkazib berish haqida shartnoma imzolangan.
Jamoat transportining harakatini yaxshilash maqsadida Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab avtobekatlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, “Paxtakor”, “Beruniy”, “Do‘stlik”, “Chorsu”, “Olmazor” va “Habib Abdullayev” metro bekatlari yaqinidagi yo‘nalishlarning oxirgi nuqtalarini ham rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.
14 yo‘nalishdagi Mercedes markali avtobuslar Isuzu avtobuslari bilan almashtiriladi. 22 yo‘nalish esa bu ikki korxona avtobuslaridan birgalikda foydalanadi. Bundan tashqari, 21 avtobus yo‘nalishi metropoliten bekatlari bilan bog‘lanadi. Zararga ishlayotgan 43 avtobus yo‘nalishi esa yaxshilanadi.
Rejada, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kiritish orqali “Toshtransdispetcherxizmat” xodimlari sonini 228 taga kamaytirish ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)