Philips kompaniyasi 5 dyuym displeyga ega bo‘lgan I908 smartfon modelini ishlab chiqaradi. U yaqinda taqdim etilgan 6 dyuym displeyli I928 smartfonining kichraytirilgan turi bo‘ladi, deya yozadi Gsmdome.com sayti.
Yuqoridagi suratga ko‘ra, yangi ishlab chiqariladigan smartfon juda ingichka ekanligini tahmin qilish mumkin. Agar uning qalinligi 5,55 millimetrdan kichik bo‘lsa, u hozirgi paytda dunyoning eng ingichka smartfoni — Gionee Elife S5.5’ni ortda qoldiradi.
Philips’ning yangi smartfoni eng ingichka bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa-da, uning xususiyatlari ham odatdagidan past emas. Unda 1,7 GGers chastotaga ega MediaTek MT6592 sakkiz yadroli protssesori, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 5 megapikselli old va 13 megapikseli orqa kamera o‘rnatiladi.
Philips I908 smartfonining ko‘rinishi I928 modeliniki bilan bir xil bo‘lishi xabar qilingan.
Izoh (0)