Avstraliya va Kanadaning bir necha biologlari kenguruning tuzilishini o‘rganib chiqib, ushbu sutemizuvchining beshta oyog‘i bor, degan xulosaga keldi. Bu haqda Biology Letters ilmiy jurnalida chop etilgan maqolaga asoslanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Olimlar bu yangilik uchun ilk bor “pentapedal” (lotin tilidan tarjima qilganda — “besh oyoqli”) degan maxsus atamani ishlatdi.
Hozirga qadar kengurularning sakrash va soatiga 20 kilometr tezlikka erishishni dumi orqali amalga oshirishi ma’lum edi. Endi esa ushbu jonzotning yurishda “beshinchi oyog‘i”ni ham ishlatishi aniqlandi. Kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, “beshinchi oyoq” beradigan kuch qolgan to‘rt oyoq taqdim etadigan kuchga teng.
Olimlar taxminiga ko‘ra, kengurular daraxtda yashagan vaqtlarida dumidan bir novdadan ikkinchisiga sakrash uchun foydalangan. Vaqt o‘tib, xaltali hayvonlar yerda yashashga moslashgach, ularning dumi rivojlanib, avvalgidan ham kuchliroq bo‘lgan. Natijada kengurular kattaroq masofaga sakrash va bunda kamroq energiya sarf qilish imkoniga ega bo‘lgan.
Izoh (0)