KXDR hukumati Janubiy Koreyaga o‘zaro yarashish va hamjihatlikka yo‘l ochishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini qo‘llash taklifini kiritdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Hujjatda aytilishicha, Shimol va Janub “maqbul va barcha koreyaliklarning manfaatlariga javob beruvchi vatanlarni birlashtirish yo‘li haqida aniq takliflarni” birgalikda ilgari surishi, bu bilan “hamjihatlikda gullab-yashnash va umumiy manfaatlarga kafolat berishi” kerak.
Pxenyan birlashuvni “ikkita turli ijtimoiy tizim va mafkura”ni nazarda tutuvchi federatsiya tamoyillari asosida amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, KXDR hukumati koreyaliklarning o‘zaro munosabatlari juda past darajaga tushib qolgani, “ehtiyotsizlik bilan aytilgan bitta gap yoki harakat ham Koreya yarim orolida xavfli nizoga olib kelishi” haqida ogohlantirdi.