Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukrainaning sharqiy qismini, xususan, Donetsk va Luganskni rossiyaparast ayirmachi kuchlardan ozod qilish rejasini tasdiqladi. Bu haqda, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi o‘rinbosari Mixail Kovalga asoslanib, UNN xabar bermoqda, deb yozadi “Kun”.
“Prezident, oliy bosh qo‘mondon Pyotr Poroshenko yerlarimizni u yerdagi vaziyatni beqarorlashtirayotgan odamlardan tozalash bo‘yicha rejani juda batafsil tasdiqladi”, — dedi Koval.
Bundan tashqari, Kovalning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik sulhi ushbu strategik rejaning bir qismi bo‘lgan.
Izoh (0)