7-iyul kuni bosqinchilar San-Paulo yaqinidagi Kampinas shahrida joylashgan Samsung kompaniyasi binosida o‘g‘rilik sodir etdi. Ular ishchilarni garovga olib, 36 million dollarlik smartfon, planshet va noutbuklarni olib chiqib ketgan. Bu haqda Zdnet.com sayti xabar berdi.
Bosqichilikda taxminan 20 nafar qurollangan kishi ishtirok etgan. Bir qancha ishchilar garovga olingan, qolgan ishchilarning esa telefonlaridan batareyalari olib qo‘yilgan va ular ishlashda davom etaverishgan.
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, jami 40 000 ta qurilma o‘g‘rilangan.
Kompaniya ishchilarining politsiyaga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 3 soat davom etgan bosqinchilik paytida zo‘ravonlik qilinmagan.
Hozirda politsiya qidiruv isharini olib bormoqda va ular o‘g‘rilik xodimlar tomonidan sodir qilingan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.
Izoh (0)