Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Braziliya hamda Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda mundial mezbonlari Kolumbiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olishdi. Uff.uz xabar berishicha, dastlab, 7-daqiqada terma jamoa sardori Tiagu Silva gol kiritib, Braziliyani hisobda oldinga olib chiqdi.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

69-daqiqada esa David Luiz jarimadan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib kelib qo‘ydi. Ammo maydon egalarining bir oz bo‘shashganidan foydalangan kolumbiyaliklar 80-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Xames Rodriges penaltidan to‘p kiritib, Jahon chempionatidagi gollar sonini 6 taga yetkazib oldi. Ammo qolganiga Pakerman shogirdlariga vaqt ham, kuch ham yetmadi. Endilikda Braziliya yarim finalda Germaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Braziliya – Kolumbiya 2:1 (1:0, 1:1)Gollar: 1:0 – 7 Silva, 2:0 – 69 David Luiz, 2:1 – 80, penalti Xames.Braziliya – Julio Sezar, Maykon, Silva, David Luiz, Marselo, Paulino (Ernanes, 86), Fernandino, Oskar, Xalk (Ramires, 83), Fred, Neymar (Enrike, 88).Kolumbiya – Ospina, Suniga, Sapata, Yepes, Armero, K. Sanches, Guarin, Kuadrado (Kintero, 80), Xames, Ibarbo (Ramos, 46), Guterres (Bakka, 70).Ogohlantirishlar: Silva (64), Xames (67), Yepes (69), Julio Sezar (78).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?