Boliviya kongressi o‘n yoshdan boshlab bolalar mehnatiga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda Time jurnali xabar berdi.
Qonun chiqaruvchilarning fikricha, ushbu chora 2025-yilgacha mamlakatda o‘ta qashshoqlik holatini yo‘q qilish uchun zarurdir.
Avvalroq, Bolviyada bolalarga mehnat huquqi 14 yoshdan berilar edi. Ushbu holat mamlakat fuqarolarida norozilik uyg‘otgan. Muhtojlik yosh bolalarni ishlashga majburlagan bo‘lib, ammo amaldagi qonunlar bunga to‘sqinlik qilgan.
Mehnat qilish xohishi bo‘lgan bolalar o‘n yoshdan boshlab ota-onalar yoki vasiylarning ruxsati hamda ombudsmanning roziligi bilan ishga chiqishlari mumkin.
Mazkur qonun loyihasining muallifi, deputat Xavyer Zavaletaning ta’kidlashicha, 2020-yilga kelib bolalar mehnatiga talab pasayadi.
Izoh (0)