Keniya poytaxti Nayrobida yuk samolyoti halokatga uchrab, aeroport binosi ustiga quladi, deb xabar berdi Gazeta.ru.
Samolyot Nayrobi xalqaro aeroportidan parvoz qilishi bilanoq halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan to‘rt nafar ekipaj a’zosining barchasi halok bo‘ldi.
Skyward aviakompaniyasiga tegishli mazkur samolyot bortida yengil eyforiyaga olib keluvchi kat butasining barg va novdalari singari stimulyatorlar bo‘lgan. Kat o‘simligi Arabiston yarimoroli va Sharqiy Afrikaning bir qancha davlatlari aholisi o‘rtasida keng tarqalgan, ammo boshqa davlatlarda narkotik moddasi sifatida taqiqlangan.
Izoh (0)