Turkiya parlamenti raisi Mahmud Ali Shahin Adolat va rivojlanish partiyasi syezdida Turkiya bosh vaziri Rajab Tayyib Erdo‘g‘on prezidentlikka rasman o‘z nomzodini qo‘yganini aytdi, deb xabar berdi Agence France-Presse.
Avval xabar berganimizdek, Turkiyadagi prezidentlik saylovlari 2014-yil 10-avgustida o‘tkaziladi. Bu mamlakat tarixidagi ilk umummilliy prezidentlik saylovlari bo‘ladi — bungacha davlat rahbari parlament tomonidan saylanar edi.
Islom hamkorligi tashkilotining sobiq bosh kotibi Akmaliddin Ihsano‘g‘li saylovda Erdo‘g‘an raqibi sifatida qatnashadi.
Izoh (0)