28-iyun, shanba kuni O‘zbekistonning bir qator shaharlarida aynan shu kun tarixi bo‘yicha jazirama rekordlar o‘rnatildi yoki takrorlandi, deb yozadi “Kun” “O‘zgidromet” saytining ma’lumotiga tayanib.
Xususan, Toshkent shahrida 28-iyun kuni havo harorati 40,3 darajagacha isib, kuzatuvlar tarixidagi rekord natija takrorlangan — xuddi shunday harorat Toshkent tarixidagi 28-iyunlarda faqat 1883-yili qayd etilgan.
Shanba kuniga to‘g‘ri kelgan 2014-yilning 28-iyun Samarqand shahri tarixidagi eng issiq 28-iyun sifatida qayd etiladigan bo‘ldi — shu kuni havo harorati 40,1 darajagacha isidi. Bu avvalgi – 2001-yilning 28-iyunida o‘rnatilgan rekord natija — 37,4 darajadan sezilarli issiq.
28-iyun kuni Termiz shahrida havo harorati 43,3 darajagacha (rekord 2001-yili o‘rnatilgan — 45,8 daraja), Nukusda esa 39,5 darajagacha (1974 yil — 42,6 daraja) isidi.
Izoh (0)