Gana terma jamoasi a’zolari agar uch million dollar miqdorida mukofot puli olmasa, Jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini ma’lum qildi. Mamlakat futbol federatsiyasi esa ushbu masalani Portugaliyaga qarshi o‘yindan keyin hal qilish taklifi bilan chiqdi. Hozircha tomonlar kelishuvga erisha olmagan, deb yozadi Uff.uz o‘z manbalariga asoslanib.
Bu mukofot pullari bilan bog‘liq birinchi janjalli holat emas. Bundan avval, Kamerun terma jamoasi a’zolari mukofot pullarini berilmasa, umuman Braziliyaga kelmasliklarini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)