FIFA JCh — 2014’ning navbatdagi o‘yinlariga hakamlarni tayinladi. Championat.asia xabar berishicha, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi “G” guruhidan o‘rin olgan AQSh va Germaniya jamoalari o‘rtasidagi bahsni boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Ermatov 1-turdan o‘rin olgan Shveysariya — Ekvador (2:1), 3-turdan o‘rin olgan Xorvatiya — Meksika (1:3) uchrashuvlarida ishlashga ulgurdi.
AQSh — Germaniya26-iyun, 21:00
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)Qanot hakamlari: Abdulhamidillo Rasulov (O‘zbekiston), Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston)Zaxira hakami: Alium (Kamerun)
Izoh (0)