O‘zbekiston Oliy Ligasi vakili — Samarqandning “Dinamo” klubini boshqarib kelgan Ravshan Haydarov O‘zbekiston U—19 terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deya xabar berdi Uff.uz.
3-iyun kuni Sergey Lushan O‘zbekiston U—19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasidan ozod qilingan edi. O‘FF Murabbiylar Kengashi O‘zbekiston U—19 terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida Ravshan Haydarov nomzodini tasdiqladi. Haydarov yoshlar terma jamoasini 2014-yilning oktabr oyida Myanmada bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati bahslariga tayyorlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Ravshan Haydarov 2002—2004 va 2005-yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Toshkentning “Paxtakor”, Zarafshonning “Qizilqum”, Samarqandning “Dinamo” klublarida bosh murabbiy bo‘lgan.
Izoh (0)