Braziliyada o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida 17-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Nigeriya—Eron uchrashuvida hisob ochilmagan bo‘lsa-da, Odemvingiye 21-iyun, shanba kuni “F” guruhining ikkinchi tur uchrashuvida Bosniya va Gersegovinaga qarshi to‘p surib, o‘yinning 29-daqiqasida yagona gol muallifiga aylandi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi.
Nigeriya terma jamoasida to‘p suradigan 32 yoshli Piter Odemvingiye Toshkent shahrida tug‘ilgan. Odemvingiyening otasi Toshkentda o‘ynagan nigeriyalik futbolchi, onasi esa tatar bo‘lgan.
Qizig‘i, ushbu gol O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchining Jahon chempionatlarida urgan birinchi goli bo‘lishi mumkin. Bu haqda @futbolsacountry tvitteri quyidagicha tvit qoldirgan:
https://twitter.com/FutbolsaCountry/status/480480197100052480
Xo‘sh, nigeriyalik Piter Odemvingiyening shanba kuni kiritgan goli O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchining Jahon chempionatlarida urgan birinchi golimi?
O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi Jahon chempionatlarida avval gol kiritgan-kiritmaganligi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)