O‘zbekistonga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Inha universiteti gospitali shifokorlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining tibbiy-ijtimoiy markazida bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Janubiy Koreyaning Inha universiteti gospitali bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir doirasida malakali nevrolog, pediatr, oftalmolog, gastroenterolog, ortoped, neyroxirurg va boshqa mutaxassislar bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
– Shifoxonamiz “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan 2011-yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda, – deydi Inha universiteti gospitali oftalmologi, professor Yon Sun Mun.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan haftalik doirasida Inha universiteti gospitali mutaxassislari va mahalliy shifokorlar Toshkent shahri, Toshkent va Navoiy viloyatlarida bo‘lib, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Operativ yordamga muhtoj bemorlar O‘zbekiston va Janubiy Koreyadagi shifoxonalarda davolanadi.
Xususan, Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti, Janubiy Koreyaning Save the Children xalqaro jamg‘armasi, KOFIH jamg‘armasi, Ewha Womans University va Inha universiteti gospitallarida bemor bolalar davolanmoqda.
Izoh (0)