Toshkentda yo‘l hujjatlarini uyga yetkazib berish xizmati ishlay boshladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ matbuot xizmati xabar berdi.
Endi yo‘lovchilar chipta hujjatlarini +998 71 299-18-27 telefon raqami bo‘yicha operator orqali buyurtma qilishlari hamda ularni uyda qabul qilib olishlari mumkin.
Xizmat dushanba—juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.
Izoh (0)