Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 20-iyun kuni “Yuksak ma’naviyatli avlod” respublika ijodiy festivali boshlandi. Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur festivalga ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘qituvchilar, yozuvchi va shoirlar, ijodiy loyihaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari taklif etildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Ilk bor o‘tkazilayotgan festivalda yoshlar san’at va madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdi.
Festival ishtirokchilari Prezident asarlari, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy jabhalarda kechayotgan islohotlar, milliy qonunchilikning mazmun-mohiyati, badiiy ijod, san’at va madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdi. Bu yerda iqtidorli yigit-qizlar faoliyatiga oid ekspozitsiya tashkil etildi.
Anjuman doirasida yoshlar ijodiga oid ko‘rgazmalar, olimlar, yozuvchi va shoirlar, san’atkorlar bilan muloqotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etiladi.
Festival g‘oliblarini taqdirlash marosimi 21-iyun kuni Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatri binosida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)