AQSh prezidenti Obama va uning rafiqasi Mishel Obama oliy yuridik ta’limga ega bo‘lishdan avval eng kam oylik ish haqi evaziga ishlagan. Shu sababli ular o‘z qizlarini ham shunday sinovdan o‘tkazgan holda ularga tarbiya berishni istaydi, deb yozadi Reuters.
AQSh prezidenti yoshligida Baskin-Robbins’da muzqaymoq sotgan bo‘lsa, uning bo‘lajak rafiqasi kitoblarga muqovalovchi do‘konda ishlagan.
“Menimcha, har bir o‘spirin qiyinchiliklardan o‘tishi kerak”, — dedi Mishel Obama o‘zining Parade jurnaliga bergan intervyusida
“Biz ularga ishga borish, pul ishlash har doim ham oson va rag‘bantlanturuvchi mashg‘ulot emasligi va har bir inson buni boshidan o‘tkazishini tushuntirmoqchimiz”,— deydi Barak Obama.
Mishel va Barak Obama Oq uyda 16 yoshli Malia va 13 yoshli Sashani jamoat nazaridan uzoqroqda saqlashayotgan edi, ammo yaqinda Malia CBS kanalida bir kun ishlagani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)