Fors ko‘rfazida turgan George Bush aviatashuvchi kemasidagi AQSh qiruvchi samolyotlari Iroq hududi ustida razvedka maqsadida patrul qilishni boshladi, deya xabar berdi Fox News.
Qayd etishlaricha, Iroq ustida razvedka parvozlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror “Iroqqa xavfsizlik sohasida ko‘mak berish” dasturi doirasida amalga oshirilgan.
“Kun”ning xabar berishicha, ushbu dastur AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan tasdiqlangan.
Ushbu qaror zarur vaqtda AQSh qat’iy qarorlar qabul qilib, Iroqqa yordam berishi mumkinligini bildirish maqsadida qabul qilingan.
Izoh (0)