Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi “Turkiston-press”.
Unda Koreya Respublikasining AKT sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot va kompaniyalaridan 140 dan ziyod vakillar hamda O‘zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikaitsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi va uning quyi tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, vazirlik va muasassalarning AKT bo‘linmalari rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Koreya Respublikasining AKT sohasidagi tajribasi va hamkorlik istiqbollari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Konferensiya yakunlari buyicha “Unicon.uz” fan-texnika va marketing tadqiqotlar markazi hamda Koreya Respublikasi elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi va Koreyaning internet va xavfsizlik agentligi (KISA) o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Uzinfocom markazi va Koreya Respublikasi axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) o‘rtasidagi hamfikrlik haqidagi memorandum, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Seul milliy universiteti (SNU) va Koreyaning ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha yetakchi instituti (KAIST) o‘rtasidagi hamfikrlik haqidagi memorandum, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Koreyaning sharqiy tabobat instituti (KIOM) o‘rtasidagi hamfikrlik borasidagi memorandum kabi bir qator muhim hujjatlar imzolandi.
Izoh (0)