Smartfoningizdagi smayliklar qatoriga Unicode tashkiloti tomonidan yangi 250 turdagi boshqa smayliklar qo‘shiladi, deya xabar beradi The Verge nashri.
Xaroba uy, rasmiy kostyumda uchayotgan odam, ayg‘oqchi va shu kabi belgilar yangi smayliklar qatoridan joy olgan bo‘lib, ularning ichida haqoratli smayliklar ham bor.
Yahoo Tech’ning yozishicha, yangi smayliklar iyul oyida taqdim etiladi. Shuni ta’kidlash joizki, smayliklarni qurilmalarda paydo bo‘lishidan avval smartfon ishlab chiqaruvchilari o‘z operatsion tizimlarini yangilashlari kerak. Bundan tashqari, smartfon ishlab chiqaruvchilari, Apple yoki Google, o‘z qurilmalariga qaysi smayliklarni qo‘shish yo qo‘shmaslikni o‘zlari hal qiladi.
Izoh (0)