Misrning yangi saylangan prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy o‘zining inauguratsiyasi vaqtida jinsiy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayoldan shaxsan uzr so‘radi, deb xabar beradi “Kun” The Independent’ga asoslanib.
As-Sisiy jabrlanuvchi ayolni ko‘rgani shifoxonaga tashrif buyurdi va unga bir dasta atirgul sovg‘a qildi.
“Men bu yerga sizga va har bir misrlik ayolga bo‘lgan ishdan juda afsusda ekanligimni aytgani keldim. Men misrlik har bir ayoldan uzr so‘rayman ”, – dedi Misr prezidenti.
8-iyun, yakshanba kuni Misr poytaxti Qohiradagi Tahrir maydonida bo‘lib o‘tgan as-Sisiyning inauguratsiyasi vaqtida yosh yigitlar yosh ayolning kiyimlarini yechib tashlab, uni urgan va zo‘rlagan.
Shundan so‘ng hodisa joyiga yetib borgan politsiyachilar ayolni tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borgan. Hodisaning mobil telefonga yozib olingan lavhasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan so‘ng, politsiya yetti kishini gumon qilinuvchi sifatida hibsga olgan, deya xabar bermoqda “Al Arabiya”.
Izoh (0)