Termizda “Eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi” respublika ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 14 nafar maslahatchi uchta shart bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Sho‘rchi tumanidagi “Obodon” mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nasiba Tursunova birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida ishlab chiqarilayotgan milliy hunarmandlik va xalq amaliy san’ati buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Qayd etish joiz, Surxondaryo viloyatidagi 832 qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inida 684 nafar maslahatchi oilalarda tibbiy madaniyatni yuksaltirish, xotin-qizlarning faolligini oshirish, huquqiy, iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash borasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Izoh (0)