Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonovning 28-maydagi qaroriga ko‘ra poytaxt dehqon bozorlaridagi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari savdosini tartibga solish bo‘yicha qator choralar tasdiqlandi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Hujjat “Toshbozorsavdo” uyushmasiga dehqon bozorlari va ularning filiallari hududida go‘sht, sut, tuxum, salat va konditer mahsulotlari savdo rastalariga vitrinali sovitgichlar o‘rnatish yuklatildi.
Bozorlarda haftaning bir kuni Tozalik kuni sifatida belgilanadi. Shu kuni bozorlar va ularning filiallari hududida joylashgan barcha obyektlarda tozalash va dizinfeksiyalash tadbilari o‘tkaziladi.
Savdo rastalari oraliqlariga maxsus axlat idishlari o‘rnatiladi, chiqindi yig‘ish maydonlari tartibga keltiriladi, chiqindi har kuni chiqarib ketiladi.
Tegishli idoralarga IIBB Jamoatchilik tartibini saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda bozordagi tadbirkorlar va ishchilarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, ularning maxsus ish kiyimi bilan ta’minlanishi, mahsulotlarning saqlanish va sotilish qoidalariga rioya qilinishi, ish joylarining sanitar holatda bo‘lishi ustidan nazorat o‘rnatish topshirildi.
Sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga sotishning oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish ta’kidlandi.
1-oktabrga qadar bozorlarda kalla-pocha va ichak-chovoqlar bilan savdo qilish taqiqlandi (vitrinali sovitgichlar o‘rnatilgan majmualarda ruxsat etiladi).
Qoramol oyoq-qo‘llari va ichki a’zolari bozor hududiga tozlangan holda keltirilishi lozim.
Izoh (0)