Andijon viloyati Buloqboshi tumani huquqni muhofaza qilish organlari yosh ayolning o‘z farzandini o‘ldirishi holati yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Marjona ismli yosh ayol tug‘ruqxonaga murojaat qilganidan so‘ng muassasa xodimlari 17-may kuni militsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Ayol shifokorlarga 12-may kuni opasining uyiga kelib, u yerda o‘g‘il farzand dunyoga keltirgani, so‘ng chaqaloqni sellofan xaltaga o‘rab, hojatxona uchun qazilgan o‘raga tashlab yuborganini ma’lum qilgan.
Militsiyaga berilgan xabardan so‘ng jasad olib chiqilgan. Hozirgi vaqtda esa tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deb yozadi “Kun”.
Bu voqeadan qizning opasi xabardor bo‘lganmi-yo‘qmi, bunisi ham aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)