Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Pyotr Poroshenko payshanba kuni Slavyanskda xalq askarlari tomonidan Ukraina harbiy-havo kuchlariga tegishli vertolyot urib tushirilishi natijasida halok bo‘lgan 12 nafar harbiy xizmatchi, jumladan general-mayor Sergey Kulchitskiy oilalariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Foto: csmonitor.com

Foto: csmonitor.com

Poroshenko “Ukraina xalqi dushmanlarining jinoyatkorona xatti-harakatlari jazosiz qolmasligi”ni ta’kidladi.

Vertolyot Slavyansk shahridagi Chernoviy Molochar tumanida urib tushirilgan. Avvalroq bu tuman artilleriyada o‘qqa tutilgan edi. Snaryadlardan biri turar-joyni vayron qilgan.

Slavyanskdan kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, ukrain armiyasi turar-joy dahalarini o‘qqa tutgan. Qamal qilingan shahardan chiqib ketmoqchi bo‘lgan tinch aholini kuchlar qo‘yib yubormagan. Biroq yaqinda shahardan 200 bola Qrimdagi “Artek” oromgohiga yuborilgan. Yana 300 nafari yaqin orada qo‘shni shaharlarga jo‘natiladi.

Donetsk xalq respublikasi vakillari Ukraina kuchlarini xalqaro konvensiyalarda taqiqlangan qurol-anjomlardan foydalanganlikda ayblamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)