“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Liverpul” jamoasi hujumchisi Luis Suares to‘purarlikda barchadan o‘zib ketdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Har ikki futbolchi ham o‘zlari ishtirok etgan milliy chempionatda 31 tadan gol kiritdi. Endi ularning ikkalasida ham uchtadan “Oltin butsa” bor.
Bir yo‘la ikki nafar futbolchining eng yaxshi to‘purar bo‘lishi tarixda uchinchi marta ro‘y bermoqda. 1989/1990-yilgi mavsumda Ugo Sanches (“Real” va Xristo Stoichkov SSKA Sofiya), 2004/2005-yilgi mavsumda esa Tyerri Anri (“Arsenal”) va Diego Forlan (“Vilyarreal”) eng yaxshi to‘purar bo‘lgan edi.
Izoh (0)