“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 2013/2014-yilgi mavsumda eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Portugaliyalik futbolchi madridliklar safida 31 ta gol kiritdi. Eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Ronaldu Messidan ko‘ra uchta ko‘proq gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. “Atletiko” hujumchisi Diego Kosta hisobida esa 27 ta gol bor.
Krishtianu Ronaldu ikkinchi bor La liga to‘purari bo‘lmoqda. 2010/2011-yilgi mavsumda u 40 ta gol bilan yetakchilik qilgan edi.
Izoh (0)