Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtatida lokomotiv va to‘rtta yo‘lovchi vagoni izdan chiqib ketdi. Natijada 19 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Foto: article.wn.com

Foto: article.wn.com

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, halokat yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 9:30 da sodir bo‘lgan. Raygad okrugida Mumbaydan 110 kilometr janubdagi tunneldan chiqqan poyezd to‘satdan izdan chiqib ketgan. Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha bunga vagonlarning yomon texnik ahvoli va boshqaruvdagi xatolik sabab bo‘lgan.

Hindiston qatnov yo‘llari vazirligi qurbonlar oilalariga tovon puli sifatida 200 ming rupiya (taxminan 3300 dollar)dan to‘lashga va’da berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda