Shveysariya hukumati mamlakat banklaridagi Ukrainaning quvib chiqarilgan prezidenti Viktor Yanukovich va uning atrofidagilarga tegishli 170 million Shveysariya franki (taxminan 193 million dollar)ni muzlatib qo‘ydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Bunga prokuraturaning pul va aktivlarni o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan beshta tergov ishi ochgani sabab bo‘ldi.
Shveysariya Ukraina fuqarolariga nisbatan sanksiyalarni ilk bor fevral oxirida e’lon qilgan. 2014-yil 6-martida Yevroittifoq sobiq Ukraina rahbariga qarshi sanksiyalar joriy qilgan. Bryusseldagilarning fikricha, Viktor Yanukovich va uning yaqinlari davlat mablag‘larini o‘marishga aloqador bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)