Dushanba kuni Estoniyada NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar ishtirokida 1991-yildan keyingi eng yirik “Bahor bo‘roni” harbiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Estoniya Mudofaa kuchlari bosh qarorgohidagilarning nashrga ma’lum qilishicha, mashqlarda 6 mingga yaqin harbiy xizmatchilar, shu jumladan AQSh havo-desant brigadasi, Buyuk Britaniyaning 90 nafar piyodalari, shuningdek, Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Polsha, Litva va Latviya bo‘linmalari qatnashadi. Bundan tashqari, Tallin yaqinidagi Emari aviabazasida joylashgan, 1-maydan Boltiq mamlakatlari havo hududini qo‘riqlashni boshlagan Daniya harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari ham mashg‘ulotlarga jalb etiladi.
Polsha o‘zining uchta Su-22 hujumchi samolyotlari hamda SA-8 raketa majmuasiga ega havo hujumiga qarshi mudofaa bo‘linmasini yuboradi. Mashg‘ulotlarda ilk marotaba Fransiyaning kiberhimoya jamoasi qatnashadi.
Harbiy mashqlar Rossiya chegarasiga yaqin bo‘lgan janubiy va janubi-sharqiy hududlarni qamrab oladi.
Izoh (0)