Saudiya Arabistonida yana 15 kishining koronavirusni yuqtirib olgani qayd etildi. Qirollikda ushbu virusga chalinganlarning umumiy soni 411 kishi tashkil qildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Mamlakatning o‘zida ushbu virusdan 112 kishi vafot etgan. Qirollikdan kelayotgan bunday axborot jiddiy xavfsirashlarga sabab bo‘lmoqda, chunki iyulda Ramazon oyi boshlanib, qirollikka haj ziyorati uchun yuz minglab musulmonlar dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuradi.
Avvalroq Misrning dunyodagi eng yirik Islom universiteti bo‘lmish Al-Azhar mutaxassislari Saudiya Arabistoniga haj ziyoratlarini keyinga qoldirish taklifi bilan chiqdi.
Ushbu xavfli virus ilk bor 2012-yil sentabrda Saudiya Arabistoni hududida aniqlangan. Mutaxassislar bir o‘rkachli tuyalar virusning manbasi bo‘lib xizmat qilganini taxmin etmoqda.
Koronavirus bilan zaharlanish holatlari Fransiya, Germaniya, Iordaniya va Buyuk Britaniyada ham qayd etilgan.