Shimoliy Koreyada “Pxenyan” smartfonining yangi – “Pxenyan Tach” (Pyongyang Touch) nomini olgan modeli ishlab chiqarildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Qayd etishlaricha, yangi qurilma ayniqsa talabalar va amaldorlar orasida ommabop, chunki “Pxenyan Tach”ga xorijiy tillar lug‘ati o‘rnatilgan. Bunda aynan qaysi tillardan tarjima qilish mumkinligiga hozircha aniqlik kiritilmagan, deb yozadi “Kun” nashri
“KXDRning deyarli hech bir fuqarosida jahon internetiga na shaxsiy kompyuter orqali, na mobil qurilma orqali ulanish imkoniyati bor”, – deya qayd etadi gazeta.
“Pxenyan Tach” pushti, ko‘k va oq rangli korpuslarda savdoga chiqarilgan. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, ushbu axborotni boshqa mustaqil manbalar orqali tasdiqlatish yoki rad etish imkoni hozircha topilmagan.
Izoh (0)