Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shu yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkentda Inha universiteti faoliyatini tashkil etish hamda uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Foto: evetopia.com

Foto: evetopia.com

 “Norma” nashrining yozishicha, unga ko‘ra, Toshkent shahri Ziyolilar ko‘chasi 9- va 13-a manzilida joylashgan alohida hudud va muhandislik kommunikatsiyalariga ega qurilishi tugallanmagan  bino baholash qiymati bo‘yicha universitetga  berildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi hamda  shahar hokimiyati zimmasiga Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, Tarix instituti hamda  “Fan” nashriyotini boshqa joyga  ko‘chirish vazifasi yuklatildi.

Obyektlar sotilishidan tushgan mablag‘lar Fanlar Akademiyasining  maxsus hisob raqamiga  yo‘naltiriladi. Ular akademiyaning fundamental kutubxonasini tashkil etish, shuningdek  akademiya negizidagi ilmiy muassasalarning ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yuqori texnologik ilmiy moslamalar bilan jihozlash kabi ishlar uchun mo‘ljallangan. Keyinchalik Fundamental  kutubxonadan universitet ham  foydalanadi.

Universitet talabini hisobga olgan holda, 2014-yilning oxirigacha  uning o‘quv kompleksini kengaytirish, yangi obyektlar, xususan talabalar uchun yotoqxona barpo etish, jalb etiladigan xorijlik mutaxassislar uchun qulay sharoit yaratish bilan  bog‘liq takliflar ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, hukumat qarorida universitet faoliyatini  yo‘lga qo‘yish rejasi ham tasdiqlandi. Unga muvofiq, ta’lim jarayoni uchun Koreya Respublikasidan  yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi. Mahalliy o‘qituvchilar esa Inha universitetida malaka oshirishlari uchun Koreyaga yuboriladi.

Bundan tashqari, shu kunlarda bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha qabul rejasi va uning talablari ishlab chiqilishi jarayoni ketmoqda. Universitetga qabul qilish ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Rejaga muvofiq, abituriyentlar uchun tayyorlov kurslari  tashkil etiladi. Abituriyentlarning test va suhbat hamda qabul imtihonlari iyul oyida o‘tkaziladi.  

Yangi universitetda ta’lim jarayoni shu yilning 1 oktabridan boshlanadi.  

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi