Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Komik aktyor Mo‘min Ibrohimov umra amallarini ado etmoqda.

Muqaddas Sa’dullayeva sun’iy intellekt yordamida turk serialida Burak O‘zchivit bilan “rol ijro etishga” muvaffaq bo‘ldi.
Xonanda Lola tez kunda yangi ijod namunasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
-qPnP4IIL.jpg)
Aktrisa Barchin G‘ofurova onasi bilan umra safarida ekanligini ma’lum qildi.
Oilasi bilan AQShda yashovchi aktrisa Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘i va qizining suratini sahifasiga joyladi.

Taniqli aktyor Rixsitilla Abdullayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Noila Toshkenboyeva bilan yangi serialda suratga tushmoqda.
-ZOhgWOuz.jpg)
Aktrisa Asal Shodiyeva Porsche rusumli avtomobil xarid qildi hamda quvonchini muxlislari bilan bo‘lishdi.
“Ummon” guruhi xonandasi Zohid Risqiyev oilasi bilan tushgan suratlarini sahifasiga joyladi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Navoiy viloyatida parrandachilik fermasini ochgani haqida so‘zlab berdi.
Izoh (0)