• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi shahri qariyb ikki baravar kengaytiriladi

    Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Qarshi shahrining yangi bosh rejasiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati markazi so‘nggi 18 yil ichida Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hududiga qarab 7 767 gektarga, ya’ni qariyb ikki baravar kengayadi.

    Foto: “Daryo” / Umid Nirmurodov

    Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahakamasi qarori 2025-yilning 25-fevralida kuchga kirgandi. Unda Qarshi shahri bosh rejasining loyihasi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgani, shahar hududini 2042-yilgacha bo‘lgan davrda Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hududiga kengayishi hisobga olingani qayd etilgan.

    Shahar hududi hozirgi paytda 8 ming 308,9 gektarni tashkil etsa, 2030-yilning oxiriga qadar 11 ming 26,8 gektar, 2042-yil yakunigacha esa 16 ming 73,6 gektargacha o‘zgaradi.

    Shu yillarda shahar aholisi soni 300 ming kishidan mos ravishda 400 ming va 470 ming kishigacha ko‘payishi kutilmoqda, uy-joy fondi esa bugungi 3 million 992,27 ming kvadrat metrdan birinchi navbatda 7 million 200 ming kvadrat metr, hisob davrida 10 million 810 ming kvadrat metrgacha oshishi reja qilingan.

    Shunda uy-joy bilan ta’minlanish darajasi bir kishiga o‘rtacha 14,1 kvadrat metrdan 2030-yilda 18 kvadrat metr, 2042-yilda 23 kvadrat metrgacha ko‘tariladi. E’tiborlisi, shahar uy-joy fondining umumiy maydonida 2-3 va 4-5 qavatli uylarning hissasi keskin kamayib, 7, 12, 14 va 16 qavatli uylarning hissasi esa, aksincha, ortadi, 9 va 20 qavatli uylar barpo etiladi.

    Qarshi shahrining bosh rejasiga muvofiq, aholining ijtimoiy soha obyektlariga bo‘lgan talabini amaldagi me’yorlarga moslashtirish asnosida soha ko‘rsatkichlari jadal sur’atlarda o‘zgaradi. Masalan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati hozirgi 11,8 ming o‘rindan birinchi navbatda 22 ming, hisob davrida 29 ming 140 o‘ringacha, umumta’lim maktablari quvvati esa mos ravishda 38 ming o‘rindan 64 ming va 74 ming 260 o‘ringacha oshadi.

    Xuddi shu tarzda shahardagi shifoxona va poliklinikalar,  do‘konlar va umumiy ovqatlanish korxonalari, klublar va madaniyat saroylari, teatr va kinoteatrlar, mehmonxonalar va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ham xizmat qamrovi kengayadi.

    Shaharda magistral ko‘chalarning uzunligi (hozir 88 kilometr) 2030-yil oxirida 155,35 kilometr, 2042-yil yakunida 291,33 kilometrni tashkil qilib, yiliga tashiladigan yo‘lovchilar soni (hozir 96 million nafar) yaqin 6 yil ichida 160 million, 18 yildan keyin esa 235 million nafargacha ko‘payadi.

    Muhandislik va texnik infratuzilma sohalari (ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya) bo‘yicha ham jadal rivojlanish nazarda tutilgan.

    Qashqadaryo viloyati hokimligi zimmasiga qator muhim vazifalar, jumladan, uch oy muddatda Qarshi shahrining bosh reja loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklatilgan.

    2024-yil dekabrida Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlangandi. Unda poytaxtni kompleks rivojlantirish, qurilishlarni rejalashtirish va infratuzilmani yaxshilash belgilangan. 

    Samarqand shahri hududini Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish hisobiga kengaytirish ham rejalashtirilmoqda. 

    14 mart, 09:46   Izoh (0)   13950
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #bosh reja#bosh rejasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bir million kishilik yangi shahar quramiz” — Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri kengaytirilishini aytdi 

    10.04.2023, 11:50

    Toshkent shahrining yangi bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratiladi

    11.07.2023, 15:12

    Toshkent shahri 7,5 mln odam yashashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantiriladi 

    09.10.2024, 20:11

    Eron poytaxtini Tehrondan ko‘chirish rejasi ishlab chiqilmoqda

    21.11.2024, 09:20

    Toshkentning 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi

    26.12.2024, 12:05

    Bosh reja tasdiqlandi: kelgusi 20 yilda Toshkent shahrida nimalar o‘zgaradi?

    27.12.2024, 12:45

    Senatorlar Samarqand shahri kengaytirilishiga rozilik bildirdi

    23 fevral, 09:37
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozgi tekshiruv: ta’tillar mavsumidan avval qanday tahlillar topshirish kerak?

    Maslahatlar | 24 may, 20:50

    Qurol topib olinsa nima qilish kerak: mukofot yoki ozodlikdan mahrum bo‘lish?

    O‘zbekiston | 24 may, 20:30

    Muhammad Saloh APLning joriy mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

    Sport | 24 may, 20:21

    Andijonda 20 sotix yerni 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 24 may, 20:10

    Nega to‘satdan fastfud va shirinliklarga kuchli ishtiyoq paydo bo‘ladi?

    Ayollar sahifasi | 24 may, 19:50

    Respublika bo‘ylab bir kunda o‘quvchilar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 24 may, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.