• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    Bosh reja tasdiqlandi: kelgusi 20 yilda Toshkent shahrida nimalar o‘zgaradi?

    Toshkent shahrining kelgusi 20 yilga mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi. Hujjatda hukumatning bajarilishi belgilangan qator rejalari aks etgan.

    Foto: “Daryo”

    Qurilishlar tartibga soladimi?

    2024-yil 24-dekabr kuni “Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Hujjatda poytaxtni kompleks rivojlantirish, qurilishlarni rejalashtirish va infratuzilmani yaxshilash belgilangan.

    Qarorda yozilishicha, bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri va geoaxborot tizimida ochiq maʼlumot sifatida joylashtiriladi.

    Endilikda har qanday qurilish ishlari tasdiqlangan bosh reja asosida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jarayonda hududning master-rejasi, batafsil rejalashtirish loyihasi yoki qurish loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlagan holda yo‘lga qo‘yiladi. Har chorak yakunida bosh reja ijrosi natijalari yuzasidan Toshkent shahar hokimi hukumatga hisobot beradi. Talablar buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik doirasida jazolanadi. 

    Bosh rejada quyidagi muammolarni hal qilish ko‘zda tutilgan:

    • hududlarni zonalarga ajratish;
    • aholi harakatlanishi uchun yetarli sharoit yaratish va transport oqimi barqarorligini taʼminlash;
    • shahar hududlarida zichlik parametrlari barqarorligini taʼminlash.

    Shahar zonalarga ajratiladi

    Bosh rejaga muvofiq, Toshkent shahri hududlari konservatsiya, rekonstruksiya va renovatsiya zonalariga ajratiladi.

    Konservatsiya zonalarida shaharning ekologik va sanitariya holati, madaniy-maʼrifiy va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilashga eʼtibor qaratiladi. Yashil hududlar, suv va yo‘l bo‘yi himoya hududlari hamda madaniy meros maydonlari muhofaza qilinadi. Bunday hududlarda qo‘shimcha turar va noturar bino-inshootlar qurilishi taqiqlanadi.

    Rekonstruksiya zonalarida jamoatchilik fikri asosida, poytaxt hokimligi ruxsati bilan rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi. Bunday zonalarga qurilishi so‘nggi 5 yilda tugallangan, aholi yashashi uchun yetarli muhit yaratilgan hududlar hamda takomillashtirishga ehtiyoji yo‘q joylar kiradi.

    Mazkur zonalarda rekonstruktura ishlari bajarilsa-da, aholi zichligi saqlab qolinadi. Hududning dizayn kodlari ishlab chiqilib, tashqi ko‘rinishi zamonaviylashtiriladi, jamoat joylari va ochiq maydonlar obodonlashtiriladi. Qo‘shimcha ijtimoiy va infratuzilma obyektlari qurilishiga ruxsat beriladi.

    Renovatsiya zonalari qayta qurishga asoslagan hududlardir. Bunda foydalanish uchun yaroqsiz, shahar ekologik muhitiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi, zilzilabardoshlilik talablariga javob bermaydigan bino va inshootlar buziladi. Bo‘shatilgan yerlarda kompleks master-rejalar va loyihalar asosida yangi qurilishlar amalga oshiriladi. 

    Kelgusi 20 yillik rejalar

    Toshkent shahrining umumiy maydoni 43 873 gektar. Ayni paytda poytaxtda 3 million kishidan ortiq aholi yashaydi. Bu ko‘rsatkich 2045-yilgacha 7,4 million nafarga yetishi kutilmoqda. Bosh rejani ishlab chiqishda inobatga olingan asosiy masalalardan biri aholining demografik o‘sishi ekani maʼlum qilingan.

    Qarorda yozilishicha, bugun Toshkentda mavjud yashil maydonlar (cheklangan hududlar bilan birga) 7 120 gektar. Shundan 893 gektari umumiy foydalanish, 5 102 gektari cheklangan va 1 125 gektari maxsus yashil maydonlar hisoblanadi.

    Bosh reja doirasida 2045-yilgacha yana 10 000 gektar qo‘shimcha yashil maydonlar barpo etish belgilangan. Shu bilan birga, shahar atrofidagi 15 000 gektar yer maydonida yashil belbog‘ tashkil qilinishi rejalangan.

    Qarorda bugun poytaxt aholisi jonboshiga 5 kvadrat metr yashil hudud to‘g‘ri kelayotgani, kelgusi 20 yil ichida mazkur ko‘rsatkichni 8 kvadrat metrga yetkazilishi belgilangan.

    Hozirda Toshkent shahridagi jami yo‘llar uzunligi 836 kilometr. Bosh rejada 2045-yilgacha qo‘shimcha 647 kilometr yangi yo‘llar qurish, mavjud 140 kilometr yo‘llarni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

    Jamoat transportidan foydalanish ulushini oshirish ham ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Xususan, 20 yil ichida 27 ta transport tarmog‘i markazlari (Park and ride), yangi metropoliten yo‘llari barpo etilishi rejalashtirilgan. 2045-yilgacha jamoat transportidan foydalanish ulushini 60 foizgacha oshirish ko‘zda tutilgan.

    Kechikkan bosh reja

    Toshkent shahrining o‘zida shaharsozlik tartiblarini aks ettiruvchi bosh rejasini ishlab chiqish masalasi 10 yildan ortiq vaqt davomida muhokamada bo‘ldi. Poytaxtda bosh reja yo‘qligi tartibsiz qurilishlarga olib kelayotgani davlat rahbari tomonidan ham tanqid qilingan. Loyiha kechika-kechika 2022-yil oktyabrda prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim qilingandi. Biroq uni tasdiqlash jarayoni ikki yildan ortiq davrga ortga surildi. 

    To‘rt yil avvalgi prezident farmonida 2025-yilgacha O‘zbekistondagi barcha shaharlar bosh rejasi tasdiqlanishi belgilangandi.

    27.12.2024, 12:45   Izoh (0)   11190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #bosh rejasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sohaga doir har qanday jarayon raqamlashadi va aniqlangan qoidabuzarlik holatlariga ta’sirchan choralar ko‘riladi” — Sherzod Hidoyatov 

    07.10.2024, 20:15

    Toshkent shahri 7,5 mln odam yashashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantiriladi 

    09.10.2024, 20:11

    Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Toshkent viloyatidan yana yer ajratildi

    25.10.2024, 14:10

    Yangi Toshkentda yerlar savdoga chiqarilmoqda: 2,7 gektar yer ikki baravar qimmatga sotildi

    31.10.2024, 13:30

    Toshkentning 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi

    26.12.2024, 12:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Sun’iy intellekt 2 ta superbakteriyaga qarshi antibiotik yaratdi

    15 avgust, 12:02

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Elit OCHL musobaqasiga qur’a tashlandi. “Nasaf” “Al-Hilol” bilan Qarshida, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli” bilan safar o‘ynaydi

    Sport | 15 avgust, 14:39

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 14:25

    Ommaviy tozalash: Telegram 20,9 mln dan ortiq kanallarni o‘chirib tashladi

    Layfstayl | 15 avgust, 14:05

    17-avgust kuni Yer yaqinidan xavfli asteroid uchib o‘tadi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 13:23

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06

    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki

    Reklama | 15 avgust, 12:00

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan “harbiy ishonch” o‘rnatmoqchi

    Dunyo | 15 avgust, 12:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.