• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hajga boruvchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firibgarlarga aldanmasliklari uchun hajga boruvchilarga ogohlantirish bilan chiqdi.

    Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

    Qo‘mitaning bildirishicha, ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni to‘lang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar ko‘paymoqda. Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yo‘q. Saudiya Arabistonida haj amallarini bajarish uchun haj-2024 vizasi bo‘lishi shart.

    Saudiya Arabistoni podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq chet el fuqarolari uchun haj ibodatini ado etishning asosiy sharti haj vizasiga ega bo‘lish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va boshqalar) bilan haj tadbirini amalga oshirish Saudiya qonunchiligiga ko‘ra qatʼiyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.

    “Unutmang! O‘zbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan, shunday ekan, ayrimlarning O‘zbekiston orqali haj safariga jo‘natamiz, degan aldovlariga uchmang. Ular fuqarolarni boshqa davlatlar orqali noqonuniy tarzda olib ketishga urinmoqda. Bu esa qonuniy asosga ega bo‘lmagan va haj tashkil etishga vakolati yo‘q kimsalarning urinishidir”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, bu kabi xatti-harakatlar Saudiya Arabistoni podshohligi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida qatʼiy chora ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. Haj safariga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish 6 oy qamoq jazosi, Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yilga kirishni taqiqlash hamda 100 ming saudiya riyoli (26 ming AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.

    Maʼlumot uchun, birgina 2022—2023-yillardagi haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolari turistik, biznes va boshqa vizalar orqali Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, haj amallari bajariladigan hududlarga kira olmagan.

    Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda BAA, Iordaniya va boshqa davlatlar orqali kelgan minglab fuqarolar esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Ular podshohlik haj qonunchiligini buzganlik uchun Saudiya Arabistonidan 10 yilga deportatsiya qilingan. Xususan, 2023-yilda butun dunyodan 150 mingdan ortiq shaxslar ushlanib jarimaga tortilgan va deportatsiya qilingan.

    29.04.2024, 13:21   Izoh (0)   23644
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda haj ziyoratiga boruvchilarning yagona onlayn navbati barcha uchun ochiq bo‘ladi

    28.11.2023, 10:25

    O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan haj va umra safarlarini yanada yaxshilash yuzasidan kelishuv imzoladi

    08.01.2024, 11:27

    Haj-2024 mavsumida ziyoratchilar uchun yanada qulayliklar yaratiladi

    09.01.2024, 15:03

    Saudiya Arabistoni ziyoratchilar va aholini ruxsatnomasiz hajga borishdan ogohlantiradi

    28.02.2024, 10:09

    Toshkent viloyatida imtihonda qatnashmasdan 1,2 ming dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    29.04.2024, 12:42

    “Dok-1 Maks” ishini ko‘rayotgan sudya o‘zgardi

    29.04.2024, 12:16
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.