• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Ishlab chiqaruvchi uchun ham, isteʼmolchi uchun ham zararli” — faollar O‘zbekistondagi avtomobil monopoliyasi haqida

    Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar Otabek Jo‘rayev va Sherzod Jalolovning O‘zbekistonda avtomobillar importini cheklash kerakligi haqidagi fikrlari muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    “Hamma mashina import qilib sotayotgani noto‘g‘ri”

    Podkastlardan birida Otabek Jo‘rayev istagan tadbirkor xorijdan avtomobil import qilib sotayotganini “maymun biznesi” deb atagan.

    “Rostdan maymun biznesi bo‘lib ketdi. Maʼlum darajada xalq maza qildi. Maza qilish o‘z yo‘liga, lekin maza qilganimiz hisobiga o‘z uyimizdagi avtomobilsozlikning dabdalasini chiqarsak, bu to‘g‘ri deb o‘ylamayman. Undan ko‘ra, biz ishlab chiqarishda davom etaylik. Hamma mashina olib kiravergani ham noto‘g‘ri deb o‘ylayman”, — degan u.

    Sherzod Jalolov hamsuhbati fikrini davom ettirarkan, odamlar chet davlatdan avtomobil import qilgandan ko‘ra, mahalliy kompaniyalar avtomobil ishlab chiqarib sotgani yaxshi ekanini aytgan.

    “Odamlar pulni mustaqil ravishda Xitoyga chiqarish orqali avtomobil olib kelmoqchi. Ular valyuta oqimini tashqariga chiqarib, mashina olib kelishga rozi. Lekin 2–3 yil davomida O‘zbekistonda xuddi o‘sha mashinani ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, pul, ishchi kuchi, valyuta o‘zimizda qolsin. Ishlab chiqarilayotgan mashinalarni chet davlatlarga sotish orqali ichki bozorga valyuta oqimi bo‘lsin, degan narsani hech kim o‘ylamayapti”, — degan bloger.

    “Raqobat bo‘lsa, narxlar tushadi”

    Jamoatchilik faollari blogerlarning yuqoridagi fikrlariga turli munosabatlar bidirdi. Masalan, bloger Umid G‘ofurov O‘zbekistonda avtomobilsozlik deyarli 30 yildan beri monopoliya holatida ekani, bu isteʼmolchilar uchun zararli bo‘lganini aytdi.

    “UzAutoMotors so‘nggi yillarda monopol pozitsiyasini yo‘qota boshladi. Chunki bizda elektromobillarni olib kirish erkinlashib, narxlar tushdi. Bozorda raqobat bo‘lsa, narxlar pasayadi. Hatto UzAutoMotors ham umrida qilmagan ishini qilib, mashinalariga chegirma berdi. Milliy ishlab chiqarishga hech kim qarshilik bildirgani yo‘q. Bizlar erkin bozor tarafdorimiz”, — dedi bloger.

    Umid G‘ofurov fikri davomida elektromobillar importiga cheklov o‘rnatish haqidagi qaror bo‘yicha gapirdi.

    “Ilgari minilgan mashina yangisidan qimmat edi. Absurd bo‘lgan bozorda mana 30 yilcha yashadik. U hech qanaqa iqtisodiy qoidalarga to‘g‘ri kelmaydigan nosog‘lom, monopol bozor edi. Hozir kasalligi yana qo‘zg‘ayapti. Yana monopol bozorga aylanyapti. Hozir ko‘p avtosalonlar bankrot bo‘lgandir. Chunki ular chet elga mashina buyurtma berib, pullarini chiqarib yuborgan. Elektromobil importiga qo‘yilgan cheklov sabab ular avtomobilni O‘zbekistonga kirita olmaydi. Bu juda xudbin, o‘z cho‘ntagini o‘ylaydigan insonning qarori. Hech bo‘lmasa vaqt berganda, kompaniyalar pullarini chiqarib olardi. Endi puli bor odam xohlasa ham, qonun bo‘yicha ishlashi mumkin emas. Avtosalonlar faoliyati cheklab qo‘yildi. Erkinlik yo‘qoldi. Shu yangilik chiqqan kunidayoq narxlar oshdi”, — dedi u.

    “Import cheklovi ishlab chiqaruvchi uchun ham, isteʼmolchi uchun ham zararli”

    Telegram’dagi “Ko‘rinmas qo‘l” kanali muallifi Shahzod Yo‘ldoshboyevning yozishicha, import cheklovlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq foyda olib keladi, isteʼmolchilar uchun esa katta yo‘qotishlarni anglatadi.

    “Muhimi shu-ki, isteʼmolchilarning yalpi yo‘qotishlari ishlab chiqaruvchilarning foydasiga qaraganda doimo karrasiga balandroq bo‘ladi. Demak, butun iqtisodiyot (isteʼmolchilar + ishlab chiqaruvchilar) umumiy hisobda zarar ko‘radi. Har bir import cheklovlari qo‘llangan yilda biz zararda bo‘lishimizni bilsak, qachondir shu umumiqtisodiy yo‘qotishlarning yig‘indisi oqlanishi kerak-ku, to‘g‘rimi? Proteksionistlarning gapi to‘g‘ri bo‘lib chiqsa ham va bizning ishlab chiqaruvchilar, aytaylik, 50 yilda katta eksportchilarga aylangan taqdirida ham, shu 50 yillik yo‘qotishlarni tiklab olish uchun yana 50 yil talab qilinishi mumkin. Yaʼni, biz faqat 100 yildan keyin minusdan nolga chiqib olamiz”, — deya fikr bildirgan muallif.

    “O‘zavtosanoat” isloh qilinishi kerak, busiz raqobatli avtomobil bozori bo‘lmaydi

    Iqtisodchi Otabek Bakirov “O‘zavtosanoat” rasmiy maqomi aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida o‘nlab ishlab chiqarish korxonalarini nazorat qilishi va qator xalqaro avtomobil brendlarini O‘zbekiston hududida o‘zaro raqobatchi emas, monopol rejimga xizmat qiluvchi sheriklarga aylantirganini yozgan.

    Otabek Bakirov
    Foto: “Daryo”

    “O‘zavtosanoat” avtomobil sohasining asosiy regulyatori hamdir. O‘zbekiston hukumatining avtomobil sanoatiga oid barcha qarorlari, xususan, boj va notarif cheklovlarga oid direktivalari “O‘zavtosanoat” istaklari, manfaatlari va maqsadlarini ifoda etadi. Boshqacha aytganda, “O‘zavtosanoat” hukumat tarkibida bo‘lmagan tarmoq vazirligi (uzoq yillar “O‘zavtosanoat” raisi bir vaqtning o‘zida hukumat raisining o‘rinbosari bo‘lib kelgan). O‘zbekiston avtomobil bozorida “erkin raqobat — eng katta dushman” deb hisoblanishi aynan “O‘zavtosanoat”ning hozirgi maqomi bilan bog‘liq. O‘zbekiston o‘tmishi misolida siz transportni olasizmi, savdonimi, turizm, umumiy ovqatlanish yo qurilish — ham regulyator, ham egalik va o‘yinchi maqomidagi tarmoq vazirliklarining bo‘lishi doimo monopoliyani dastaklab kelgan. Bunday ish tutishdan voz kechishgina sanalgan sohalarda erkin raqobatga yo‘l ochgan.

    “O‘zavtosanoat” misolida ham shu jarayon amalga oshirilishi kerak. Toki “O‘zavtosanoat” isloh qilinib, undan regulyatorlik funksiyalari hukumatga o‘tkazilmasa, sohaning vertikal integratsiyasidan voz kechilmasa, bozordagi barcha o‘yinchilarga, ularning katta yo kichikligidan qatʼi nazar, teng imkoniyatlar taqdim etilmasa, sho‘rpeshona o‘zbekistonliklarning tanlovsizligi davom etaveradi. Idealda, aktivlarini bitta brend ostida konsolidatsiyalashtirgan “O‘zavtosanoat” bozordagi o‘nlab mustaqil va raqobatlashuvchi o‘yinchilardan biri bo‘lishi kerak, xolos. Undan ortig‘i emas, — deya fikr bildirgan Otabek Bakirov.

    Avvalroq “O‘zavtosanoat” AJ va BYD Europe B.V. hamkorligida tuzilgan BYD Uzbekistan Factory kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillarning tartibsiz importini cheklashni so‘ragandi. Prezident qarorida 2024-yil 1-iyulgacha masʼul vazirlik va idoralarga kompaniya talabini bajarish yuzasidan takliflar berish topshirilgan. Bu orqali avtomobillarni xususiy tadbirkorlar va boshqa norasmiy dilerlar import qilishiga cheklov o‘rnatiladi. Ijtimoiy tarmoqlar faollari importni cheklash raqobat yo‘qolishiga olib kelishidan xavotir bildirgan.

    09.04.2024, 15:13   Izoh (0)   17931
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu o‘zbekistonliklarni ayovsiz talash degani” — faollar elektromobillar importiga cheklov qo‘yilishidan norozilik bildirmoqda

    19.03.2024, 17:17

    O‘zbekistonda inflyatsiya yana pasaydi. Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxlari qanday o‘zgardi? 

    01.04.2024, 11:17

    O‘zbekiston byudjeti taqchilligi rekord darajada ortdi. Nimalarga ko‘p xarajat qilingan? 

    01.04.2024, 20:30

    “Davlat tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni to‘xtatishi kerak” — iqtisodchi Behzod Hoshimov

    04.04.2024, 13:28

    Jahon bozorida oltin narxi yana oshdi

    09.04.2024, 12:16

    “Tashabbusli byudjet”da eng kam ovoz to‘plagan hudud ma’lum bo‘ldi

    08.04.2024, 18:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.