• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirdi

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo—Germaniya ikkinchi sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining so‘zlagan nutqini e’lon qildi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari o‘z nutqida Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qarashlarini bayon qilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi bilan Germaniya ko‘p qirrali hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor ekanini qayd etgan. 

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Sizlarni qutlashdan chin dildan mamnunman.

    Samimiy qabul va uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemelevich Toqayevga bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.

    Germaniya Federal kansleri hurmatli Olaf Shols Janobi Oliylariga mintaqamiz mamlakatlari bilan ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish tarafdori ekanligi uchun tashakkur izhor qilaman.

    Bizning Berlindagi ilk uchrashuvimiz va bugungi sammit aniq, amaliy natijalarga erishishga qaratilgan ochiq va konstruktiv muloqotimizni davom ettirishga bo‘lgan umumiy intilishimizni yana bir bor tasdiqlamoqda.

    Biz ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladigan bunday formatdagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishdan manfaatdormiz.

    Hurmatli Federal kansler Janobi Oliylari!

    Biz Germaniyaning mamlakatlarimizda olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, Markaziy Osiyodagi hamkorlik va integratsiyani qatʼiy hamda o‘zgarmas qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz.

    Shuni alohida taʼkidlaymanki, bizning munosabatlarimiz chuqur tarixiy ildizlarga ega. XVIII asrdayoq Yevropadagi Maʼrifatparvarlik davrining buyuk bastakori Gendel o‘z ijodining shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Amir Temur” operasini yaratgan. Buyuk shoir va faylasuf Gyote o‘zining bir qator mashhur asarlarini sivilizatsiya markazlari bo‘lgan qadimiy shaharlarimizga bag‘ishlagan.

    Yana bir tarixiy misolni keltiraman. XX asr boshida Markaziy Osiyoning bir guruh isteʼdodli, taraqqiyparvar yoshlari Germaniyaning yetakchi universitetlarida tahsil olishgan va keyinchalik maʼrifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surish, mintaqamiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganlar.

    Taʼkidlamoqchimanki, biz bugun Germaniyani barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy maqsadlarga erishishda muhim hamkorlarimizdan biri sifatida ko‘ramiz.

    So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan chuqur, fundamental o‘zgarishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman.

    Biz ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘ydik, chegara, suv, energetika, savdo, tranzit bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni mustaqil hal qilayapmiz.

    Yaqinda bu yerda, Ostona shahrida mintaqa davlatlari rahbarlarining oltinchi uchrashuvini o‘tkazdik.

    Mintaqaning xalqaro subyekt sifatidagi o‘rni mustahkamlanmoqda, jahonning yetakchi mamlakatlari bilan “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi hamkorligi kengaymoqda.

    Mintaqa ichidagi savdo aylanmasi, investitsiyalar, yuk tashuvlari, fuqarolarimizning sayyohlik tashriflari ko‘rsatkichlari bir necha barobar o‘sdi.

    Biz “yashil” energetika va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishni muhokama qilayapmiz.

    Tajriba va texnologiyalarni almashyapmiz, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida zamonaviy korxonalar tashkil etayapmiz, kooperatsiya loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha moliyaviy vositalarni joriy qilayapmiz.

    Eng muhimi, mintaqamizning ertangi kuni, uning xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti faqat bizning siyosiy irodamiz va saʼy-harakatlarimizga bog‘liq ekanini aniq tasavvur qilmoqdamiz.

    Biz yevropalik sheriklarimiz, eng avvalo, Yevropa Ittifoqining mamlakatlarimiz bilan hamkorlik bo‘yicha strategiya va ko‘p tomonlama dasturlarining asosiy tashabbuskori bo‘lgan Germaniyaning qiziqishlarini samimiy olqishlaymiz.

    Kelgusi yili “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi sammitni O‘zbekistonda, uchrashuvimiz kun tartibidagi asosiy mavzuni mintaqa kelajagiga investitsiyalar deb belgilagan holda, o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayapmiz.

    Hurmatli hamkasblar!

    Mojarolar va urushlar, umuman, global miqyosdagi beqarorlik va vaziyat qaysi tomonga o‘zgarishi noaniq bo‘lib qolayotgani, sanksiyalar siyosati, proteksionizmning kuchayishi va boshqa ko‘plab omillar mamlakatlarimizga haddan tashqari salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda, milliy islohotlarimizni amalga oshirishda jiddiy sinovga aylanmoqda.

    Kechagina hurmatli Olaf Shols Janobi Oliylari bilan Samarqanddagi muzokaralarimiz chog‘ida men bugungi uchrashuvimizdan kutayotgan yuksak natijalar haqida fikr almashdim.

    Shu munosabat bilan Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qarashlarimizni bayon etishni istar edim.

    Birinchi. Markaziy Osiyo va Germaniya o‘rtasida o‘rnatilgan mintaqa barqarorligi, barqaror rivojlanishi va farovonligini taʼminlash bo‘yicha umumiy manfaatlarimizga javob beradigan strategik mintaqaviy hamkorlikni yuksak qadrlaymiz.

    Ustuvor sohalarda dasturiy tadbirlarni qamrab olgan uzoq muddatli Hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

    Ushbu hujjatni ishlab chiqish uchun “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahliliy markazlari Forumini taʼsis etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz.

    Uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yili mintaqadagi qadimiy shaharlardan biri, nemis-mennonitlarining katta jamoasi yashagan Xivada o‘tkazishga tayyormiz.

    Sammitlarimiz kun tartiblarini tayyorlashda mamlakatlarimiz tashqi siyosat idoralari rahbarlarining yillik uchrashuvlari muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblaymiz.

    Ikkinchi. Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan investitsion va texnologik sheriklik.

    Taʼkidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda nemis kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilgan va istiqbolli loyihalar umumiy portfeli 20 milliard yevrodan oshmoqda. Ular energetika, kimyo, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlarini qamrab oladi.

    Sheriklarimiz orasida – Germaniyaning yetakchi, jumladan, “Simens”, “Linde”, “BASF”, “MAN”, “Klaas”, “Xenkel”, “Knauf” va boshqa ko‘plab kompaniyalari so‘nggi bir necha yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 6 milliard yevro sarmoya kiritdi.

    Bugun bizda nemis biznesi vakillari bilan istiqbolli rejalarni muhokama qilish imkoniyati bor.

    Ishbilarmonlar hamkorligini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni taklif etaman: Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya sarmoyaviy va texnologik hamkorligini kengaytirishning yo‘l xaritasini ishlab chiqish; chegara hududlarida yaratilayotgan alohida iqtisodiy va sanoat zonalaridagi hamda mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilma loyihalarni amalga oshirishga yetakchi nemis kompaniyalari va banklarini jalb etish; doimiy biznes-muloqot maydonchasi – “Markaziy Osiyo va Germaniya” investor va tadbirkorlari kengashini ishga tushirish. Uning birinchi uchrashuvini kelgusi yili Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyormiz; investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama hukumatlararo bitimni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

    Uchinchi. Germaniyaning ilg‘or bilim va texnologiyalarini joriy etish asosida muhim xom-ashyo resurslari sohasida sheriklik.

    Avval ham qayd etganimizdek, mintaqamiz foydali qazilmalarga boy. Germaniya mineral resurslar agentligi va nemis kompaniyalari bu sohada bizning muhim sheriklarimiz bo‘lishi mumkin.

    Bu o‘rinda gap geologiya razvedkasi, jadal o‘zlashtirish, qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga yetkazib berish loyihalari haqida bormoqda.

    O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlardagi bunday loyihalarni birgalikda amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor.

    Mintaqamizda muhim xomashyo va nodir yer osti metallari aniqlangan konlarining raqamli kartasini yaratish bo‘yicha dasturni ishlab chiqishda Germaniya texnik ko‘magini jalb etish istiqbollidir. Bunday hamkorlikning ishonchli huquqiy bazasini shakllantirish muhim deb hisoblaymiz.

    To‘rtinchi. “Yashil” energetika.

    So‘nggi yillarda mamlakatlarimizda quyosh, shamol, gidroenergetika faol rivojlanmoqda, issiqlik stansiyalari va tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda, “yashil” vodorod loyihalari ilgari surilmoqda.

    Energetika vazirliklari, korporatsiyalar, operatorlar, ilmiy tashkilotlar, loyiha institutlari va tarmoq ekspertlarini jalb etgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlarining Germaniya bilan Energetik muloqotini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etamiz.

    Biz Germaniya texnik ko‘magini jalb etgan holda kam uglerodli iqtisodiyot sohasida mutaxassislarimiz salohiyatini oshirish kompleks dasturini tayyorlashdan manfaatdormiz.

    Beshinchi. Iqlim o‘zgarishlariga birgalikda javob qaytarish.

    Ekspertlar prognoziga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasi global isish oqibatlariga nihoyatda bog‘liq bo‘lib qolmoqda. O‘rtacha haroratning oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘proq bo‘lmoqda.

    “Yashil Markaziy Osiyo” dasturlari ikkinchi doirasi ishga tushirilgani va iqlim o‘zgarishlariga mintaqaning moslashuviga ko‘mak uchun nemis tomoniga minnatdorlik bildiraman.

    Biz Atrof muhim va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha Markaziy Osiyo universiteti bazasida qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy almashuvlarni amalga oshirishdan, suvdan oqilona foydalanishda nemis texnologiyalarini joriy etish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, bioxilma-xillikni saqlash, mutaxassis-ekologlarni tayyorlashda hamkorlik dasturlarini qabul qilishdan manfaatdormiz.

    Germaniya Kanslerining Markaziy Osiyo tabiat hamkorligini yaratish bo‘yicha tashabbusini amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyormiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Oltinchi. Transport kommunikatsiyalarining, jumladan, yer usti va havo tashuvlarining zaif rivojlanganligi sherikligimizni chuqurlashtirishda eng katta to‘siq bo‘lmoqda.

    Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘lovchi muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirishga Yevropa institutlarini jalb etishda Germaniya ko‘magiga tayanamiz.

    Kelgusi yili ushbu yo‘nalishlar tranzit salohiyatini oshirish yo‘llarini izlash bo‘yicha vazirlar qo‘shma konferensiyasini o‘tkazishni taklif etamiz.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    O‘tgan yili Berlin yangi muzeyida mintaqamiz madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ko‘rgazma bunday tadbirlarni doimiy tashkil etish zarurligini yana bir bor tasdiqladi.

    Ko‘rgazmaga bir necha oy davomida milliondan ortiq Germaniya poytaxti aholisi va mehmonlari tashrif buyurdi.

    Biz mamlakatlarimizda Madaniy tadbirlar qo‘shma rejasi qabul qilinishi tarafdorimiz, Germaniyaning yirik shaharlarida sanʼat va kino kunlari o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni va muzey fondlari hamkorligini o‘rnatishni taklif etamiz.

    Ilmiy-maʼrifiy almashuvlar sohasida yetakchi oliygohlar sherikligi uchun platformani ishga tushirish, Gyote instituti va Germaniyaning boshqa tashkilotlari nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish muhim, deb hisoblaymiz.

    Shu yozda Gyottingen shahrida o‘tgan Butunjahon olimpiadasida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining g‘alaba qozongani ham yoshlarimizning nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan yuksak qiziqishiga yorqin misoldir.

    Sayyohlik va mehnat migratsiyasi sohasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish fuqarolarimiz uchun viza tartiblarini yengillashtirishga xizmat qiladi.

    Hurmatli hamkasblar!

    Terrorizm va ekstremizm, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, yoshlarning radikallashuvining oldini olish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim, deb hisoblaymiz.

    Markaziy Osiyodagi xavfsizlik sohasidagi vaziyat Afg‘onistonda ro‘y berayotgan jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir.

    O‘z muammolari bilan deyarli yakka o‘zi qolgan ushbu mamlakatda gumanitar inqirozning chuqurlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim, deb hisoblaymiz.

    Shu munosabat bilan Germaniya va Yevropadagi boshqa sheriklarimiz bilan ushbu mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka jalb etish, Termizdagi taʼlim markazida kadrlar, jumladan, xotin-qizlarni, Afg‘oniston tinch hayoti uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyormiz.

    So‘zimning nihoyasida shuni alohida taʼkidlamoqchiman, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi bilan Germaniya ko‘p qirrali hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdordir.

    Ishonchim komil, bugungi uchrashuvimiz mamlakat va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi, strategik sherikligimizni aniq loyiha va dasturlar bilan to‘ldirishga imkon beradi.

    17.09.2024, 13:25   Izoh (0)   4908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Markaziy Osiyo – Germaniya sammitida ishtirok etadi

    16.09.2024, 18:14

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi 

    17.09.2024, 08:32

    Shahrisabz hokimligi tadbirkordan 701 mln so‘m qarzdor. Pulni MIB ham undirib bera olmayapti

    17.09.2024, 13:09

    Toshkentda 32 yoshli erkak qizi sabab o‘zidan 16 yosh kichik bolani kaltakladi (video)

    17.09.2024, 12:41

    Sirdaryoda chiqindi tashish xizmati aholidan 500 mln so‘mdan ortiq ortiqcha to‘lov olgani aniqlandi

    17.09.2024, 12:25

    Rossiyadan kelgan fuqaro O‘zbekistonga o‘qotar qurolni yashirincha olib kirmoqchi bo‘ldi 

    17.09.2024, 12:24
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Yunayted” yarim asrlik antirekordni qayd etdi

    Sport | 12 may, 13:30

    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

    Reklama | 12 may, 13:30

    Tramp eng boy uchta arab davlatiga tashrif buyuradi

    Dunyo | 12 may, 13:23

    O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi kuchayadi

    O‘zbekiston | 12 may, 13:12

    Marvel’ning yovuz qahramonlari grim va kompyuter grafikasisiz qanday ko‘rinishga ega?

    Kino | 12 may, 13:01

    AQSH va Xitoy bojlarni 90 kunga pasaytiradi

    Dunyo | 12 may, 12:58

    Munosib qarshilik, asabiy kechgan o‘yin va bahs taqdirini hal qilgan penalti: “Navbahor” va “Xorazm” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 12 may, 12:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.