Shavkat Mirziyoyev, bugun 17-sentyabr kuni tongda Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan ikkinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi. “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29-sentyabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)