• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishini ko‘rgan sudya bo‘yicha turli ta’na bildirayotganlarga chora ko‘riladi

    Sudyalar oliy kengashi Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishini ko‘rgan sudya sha’niga noma’qul va asossiz ta’nalar bildirayotganlarga chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

    Foto: Kollaj

    Qayd etilishicha, Botir Qodirovning javobgarlar – Jo‘rayevlarga nisbatan “otalik faktini belgilash”ga doir fuqarolik nizosi bo‘yicha sud jarayoni boshlanganidan to hal qiluv qarori qabul qilingunicha keragidan ortiq muhokamalar bo‘ldi.

    Ijtimoiy  tarmoqdagi muhokamalar sud qarori qabul qilinganidan keyin ham davom etib,  ensani qotiradigan darajaga yetdiki, bu haqda ikki og‘iz gap aytishning o‘zi ortiqcha, aslida. Biroq suddan keyin taraflar va ularga xayrixohlar o‘rtasidagi “virtual musohabalarda” ishni birinchi bosqich sudida ko‘rib chiqqan sudya sha’niga noma’qul va asossiz ta’nalar aytish holatlari ham uchramoqda, deyiladi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bayonotida.

    Xususan, bloger Jasur Hamroyev ijtimoiy tarmoq orqali chiqishida da’vogar “qo‘li uzun ekani” haqidagi gapini eslatib, go‘yoki “... uning uzun qo‘llari sudyagacha yetib borgani”ni ochiq iddao qilgani keltirib o‘tilgan.

    “Bundan tashqari sudya tomonidan mahrum san’atkor vafoti sanasini noto‘g‘ri aytilgani-yu, sud qarorini o‘qish paytidagi biroz hayajonini “bu ne ko‘rgulik?!” deb, vaziyatni bo‘rttirishga uringani ko‘rinadi. Eng yomoni, uning iddaolari ish bo‘yicha javobgar tarafning ijtimoiy tarmoqdagi sahifa va kanallarida tarqatilayotgani natijasida sudyaning xolisligi borasida turli shubhalar ehtimolini paydo qilmoqda”, deyiladi bayonotda.

    Ta’kidlanishicha, bir necha oy davom etgan protsess, bu davrda tarmoqlardagi adoqsiz muhokamalar, ularda hatto tor doirada aytilishi mumkin bo‘lmagan gaplar baralla aytilib, keng ommada turli qarashlar shakllantirishga qaratilgan harakatlar sudga nisbatan ijtimoiy bosim paydo qilib bo‘lgandi.

    Sudyalar oliy kengashi kimningdir go‘yoki “uzun qo‘llari sudyagacha yetib borgan”iga oid ta’na va iddaolarga huquqiy baho berishga ehtiyoj mavjud, deb hisoblaydi hamda bu borada vakolati doirasida lozim choralar ko‘rilishini bildirdi.

    Ushbu bayonot qabul qilingan sud qarori bo‘yicha kengash nuqtayi nazari hisoblanmasligi, shuningdek, sud qaroridan norozi taraf tomonidan yuqori sud instansiyasiga shikoyat berilishiga ham mone’lik qilmasligi qo‘shimcha qilindi.

    Xonanda Botir Qodirov Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlardan otalikni belgilashni talab qilib aprel oyida sudga ariza bergandi. 11-sentyabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida da’vo arizasi ko‘rib chiqilib, Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekani tasdiqlandi. Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev sudning hal qiluv qaroridan norozi ekanini bildirib, apellyatsiya shikoyati kiritishini aytdi.

    17.09.2024, 17:54   Izoh (0)   33969
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tan olinmagan farzandman” — Botir Qodirov 15 nafar farzandi borligi va unga Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini aytishni taqiqlashgani haqida (foto)

    21.07.2023, 16:56

    “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti”— Ozodbek Nazarbekov Botir Qodirovning Sherali Jo‘rayev o‘g‘illari bilan sudlashayotganiga munosabat bildirdi

    24.04.2024, 15:51

    “Ular mendan otamni tortib olishgan”. Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning nikohli farzandi ekanligi hamda marhum hofizning o‘g‘illari bilan nima maqsadda sudlashayo...

    25.04.2024, 16:38

    “Jo‘rayevlardan menga hech narsa kerak emas”. Botir Qodirov otalikni belgilash masalasini nega aynan hozir ko‘targani haqida gapirdi (video)

    26.04.2024, 10:51

    “Botir uning o‘g‘li” — Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya

    28.04.2024, 22:00

    “Kimlargadir shikoyat qilib, meni tinchitishni so‘rab yurishibdi” — Botir Qodirov o‘ziga nisbatan bo‘layotgan bosimlar haqida

    30.04.2024, 11:13

    “Botir — Sheralining o‘g‘li, men tirik guvohman”. Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida 

    03.05.2024, 16:40

    Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekani tasdiqlandi 

    11.09.2024, 12:53

    “Merosdan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, mening yo‘limda turmang”. Botir Qodirov sud qaroridan so‘ng Jo‘rayevlarga murojaat qildi 

    12.09.2024, 11:50

    “Sud qaroridan norozimiz”. Zohirshoh Jo‘rayev apellyatsiya shikoyati kiritishini aytdi

    12.09.2024, 16:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Sumerki” yulduzi Teylor Lotner hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    Kino | 12 may, 11:24

    O‘zbekistonda 13-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:15

    Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab Uzbekistan Airways parvozlarida majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi

    O‘zbekiston | 12 may, 10:59

    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

    Reklama | 12 may, 10:30

    Qirg‘izistonda harbiylar tuyaqush holatida turishga majburlandi (video)

    Qirg‘iziston | 12 may, 09:47

    O‘zbekiston va Eron hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi

    O‘zbekiston | 12 may, 09:11

    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

    Reklama | 12 may, 09:00

    “El-Klasiko”lar tarixida o‘ziga xos seriya qayd etildi

    Sport | 12 may, 08:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.